Главная » SPORT YANGILIKLARI

Match TV” Ispaniya chempionatini translyatsiya qilishi haqidagi xabarlarni rad etdi





Rossiyaning “Match TV” telekanali Ispaniya chempionati uchrashuvlarini yana namoyish eta boshlashi haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.
Avvalroq telekanal Ispaniya La Ligasi namoyishlarini 3-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Barselona” — “Real” uchrashuvidan boshlashi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.
 
“Qator nashrlarda ‘Match TV’ Ispaniya chempionatini translyatsiya qilishi haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va teletomoshabinlarga yetkazilgan noto‘g‘ri ma’lumot hisoblanadi. ‘Match TV’ har qanday moliyaviy xarajatni yaxshilab o‘rganadi. Bu borada ayni damda muzokaralar olib borilmoqda. Uchrashuvlarni translyatsiya qilish huquqini sotib olish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvga erishsak, barcha OAVga xabar beramiz”, – deyiladi “Match TV” xabarida.

Источник: Daryo.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (19.11.2016)
Просмотров: 267 | Комментарии: 1 | Теги: Match TV | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar