Mayk Tayson bilan rasmga tushishni xohlovchilar 149 dollar to‘ladi

Jahonning boks bo‘yicha eng og‘ir vazndagi sobiq chempioni Mayk Tayson o‘zi ishtirok etib, muxlislariga dastxat tarqatayotgan tadbirdan chiqib ketishi uchun 12 nafar tansoqchi kerak bo‘ldi. Uchrashuv Nyu-Yorkning savdo markazlaridan birida bo‘lib o‘tdi. Unda, shuningdek, jahonning sobiq chempionlari—Evander Xolifild, Rey Leonard, Roberto Dyuran va Tomas Xerns ishtirok etdi. Bu haqda Fightnews.com xabar berdi.

Tadbirga taxminan 700 nafar kishi tashrif buyurdi. Tayson bilan esdalik uchun rasmga tushishni xohlovchilar 149 dollar to‘lashi kerak edi. Bundan tashqari, muxlislarga 2 ming dollar narxidagi VIP-paket ham taklif etildi. Paketni sotib olgan kishi tadbirda ishtirok etgan besh nafar bokschi bilan birga vaqt o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishi belgilangan edi.

Professional boksda Mayk Tayson jami 58 ta jangni o‘tkazgan bo‘lib ulardan 50 tasida g‘alabaga erishib (44 ta nokaut bilan), 6 marta mag‘lubiyatga uchragan. Yana 2 ta jang o‘tkazilmagan deb tan olingan. Taysonning so‘nggi janggi 2005-yilning iyun oyida bo‘lib o‘tgan. O‘sha jangda Tayson Kevin Makbraydga texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘lgan edi.

Nyu-Yorkdagi tadbirga tashrif buyurgan bokschilarning ichidan Mayk Tayson bilan 2 marta jangga chiqqan bokschi Evander Xolifild hisoblanadi. Leonard, Dyuran va Xerns ancha yengil vazn toifalarida ringga chiqqan. 1996-yilda Xolifild Taysonni texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratgan. Revansh janggi 1997-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, unda Tayson raqibining qulog‘idan 2 marta tishlagani uchun diskvalifikatsiya qilingan.



Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: Mayk Tayson
Просмотров: 1495 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 16:16
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz