Mazda o‘t oldirish qulfidagi nosozlik sabab 4,9 million avtomobilni chaqirib oladi


Yaponiyaning Mazda avtomobilsozlik kompaniyasi yonib ketish ehtimoli aniqlangani sabab, bir necha million dona eski mashinalarni chaqirib oladi. Bu haqda 3DNews xabar bermoqda.

Ta’mirtalab avtomobillar ro‘yxatiga umumiy hisobda 4,9 million avtomobil kirgan, ularning 1,36 million donasi AQShda ekanligi aytilmoqda. AQSh bozoridan Mazda 323 (1990—1996-yillarda ishlab chiqarilgan), Mazda 626 (1993—1998), Mazda 929 (1993—1995), Mazda MX-6 (1993—1997), Mazda MPV (1986—1998) va Mazda MX3 (1992—1993) modellari chaqirib olinadi.Mazkur mashinalar ishlab chiqarilgan zavodlarda o‘t oldirish bloklaridagi elektr kontaktlariga haddan tashqari ko‘p moy (smazka) surtilgan. Vaqt o‘tishi bilan mazkur modda uchqun ta’sirida ko‘mirlangan va elektroizolyatsiyaviy xossalarini yo‘qotgan. Transport vositasidan tez-tez foydalanish oqibatida o‘t oldirish qulfi qizib ketadi, bu holatda tutun paydo bo‘lishi va hatto yong‘in kelib chiqishi mumkin.Mazda’ning rasmiy statistikasiga ko‘ra, ushbu nosozlik sabab butun dunyo bo‘ylab kompaniyaning 13 avtomobili yonib ketgan. Qayd etishlaricha, mazkur muammo xavfsizlik tizimi va avtomobilning boshqa agregatlari faoliyatiga ta’sir qilmaydi, shuningdek, dvigatel o‘chiq vaqtda yong‘in yuz berishi xavfi mavjud emas.2015-yil dekabridan boshlab nosoz deb taxmin qilinayotgan avtomobillarning egalari, zarurat tug‘ilganida, Mazda’ning dilerlik markazlariga tashrif buyurib, o‘t oldirish qulfini bepul almashtirib olishi mumkin.



Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 1133 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 10:27
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz