Главная » SPORT YANGILIKLARI

Medallar jamg'arish bo'yicha 11ta medal bilan kuchli oltilikdamiz




Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri mezbonlik qilayotgan Paralimpiya o'yinlarining ikkinchi kuni o'zbekistonlik sportchilar uchun 3ta bronza medalini taqdim etdi.








 

Dzyudo musobaqasining -73 kg vazn toifasidagi bahslarida tatamiga chiqqan Feruz Saidov terma jamoamizga navbatdagi bronza medalini taqdim etdi. U jazoirlik Mexdi Meskineni mag'lub etib, yarim finalga yo'l olgandi.

Lekin final ostonasida ukrainalik Dmitro Solovevga imkoniyatni boy berdi. Bronza medali uchun kechgan bahsda esa kubalik Jeraldo Rodrigesdan ustun keldi.  

 





 

 

ayollar o'rtasidagi -63 kg vazn toifasidagi bahslarida tatamiga chiqqan Tursunposhsha Nurmetova terma jamoamizga navbatdagi bronza medalini taqdim etdi. U xitoylik Tong Jouni mag'lub etib, yarim finalga yo'l olgandi.

Lekin final ostonasida ukrainalik Irina Xusievaga imkoniyatni boy berdi. Bronza medali uchun kechgan bahsda esa shveciyalik raqibasi NIkolina Perxneimdan ustun keldi.  

 


 



 

 

O'n metr masofada to'pponchadan o'q otish bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz Server Ibragimov bronza medaliga sazovor bo'ldi. Xitoylik Gao Yan kumush, koreyalik Xi Ju Li esa oltin medal bilan taqdirlandi.








 

Источник: olamsport.com
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (10.09.2016)
Просмотров: 372 | Теги: Rio—2016 Paralimpiada | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar