Главная » SHOU-BIZNES habarlari

“Men va sen. Kuchimiz — muhabbatda”. Xonanda Lola Instagram’da kim bilandir gaplashib, unga ishonishini aytdi
 




 
Bir muddat avval xonanda Lola Instagram’dagi sahifasi orqali uning o‘tmishini biladigan, kelajagiga ishonadigan, hozir esa uni boricha qabul qiladigan “haqiqiy yaqin insoni” borligiga ishora qilgan edi.
 
21-oktabr kuni u tarmoqdagi sahifasida yana bir faylasufona, lekin, aniq bir insonga qaratilgan yozuv qoldirdi.
Sen va men… Bizning kuchimiz muhabbatda. Bo‘sh kelma, yasha… Sen shunchaki menga ishon, men esa senga ishonaman”, — deb yozdi Lola Instagram’dagi sahifasida. Bu yozuv kimga qaratilgani noma’lum.
 
Ma’lumot uchun, Lola 2005-yili turmushga chiqqan, 2011-yili esa ajrashgan. Uning Shahina ismli qizi va Shohdiyor ismli o‘g‘li bor. Lola intervyularining birida “kun kelib, o‘z qalbining sohibi bilan oila qurishi”ni aytib o‘tgan edi.

Источник: Daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (23.10.2016)
Просмотров: 252 | Теги: Lola | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar