Messi ChL birinchi turining eng yaxshi o‘yinchisi deb tan olindi

UEFA saytida o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra “Barselona” hujumchisi Lionel Messi Yevropa Chempionlar ligasi birinchi turining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.


13-sentabr kuni “Barselona” o‘z maydonida “Seltik”ni 7:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yinda Messi xet-trik va golli uzatma muallifiga aylandi.

Ishqibozlar uning xatti-harakatlarini munosib baholadi, buning natijasida argentinalik futbolchi saytda 38 foiz ovoz to‘pladi.

Ikkinchi o‘rinni 27 foiz ovoz bilan “Bavariya” yarim himoyachisi Joshua Kimmix qayd etdi. U “Rostov” darvozasiga ikkita to‘p yo‘llagan edi (5:0).

Uchlikka 15 foiz ovoz bilan “Lester” yarim himoyachisi Riyod Marez yakun yasadi — u ham “Bryugge”ga qarshi kechgan bahsda (3:0) dubl muallifiga aylangan edi.


Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: Messi ChL birinchi turining eng yax
Просмотров: 929 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 17:02
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz