Главная » SPORT YANGILIKLARI

Messi va Levandovskiydan so'ng "Huawei" Ravshan Ermatov bilan shartnoma tuzdi






Bugun Xitoy bozorining birinchi raqamli savdo belgilaridan biri bo'lgan "Huawei" kompaniyasi, Toshkentda o'zining yangi qahramonini tanishtirdi.

Unga ko'ra, "Globe Soccer Awards" sovrini sohibi, jahon rekordchisi kompaniyaning Osiyodagi yuziga aylandi. Kompaniyaning Toshkentdagi ofisida, taqdimot va shartnoma imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

Jamoaning PR menedjeri Davron Azizov kirish so'zida, nima uchun "Huawei" o'zbekistonlik referini tanlagani haqida aytib o'tdi.

- Ravshan Ermatovni kompaniya bilan shartnoma imzolagani bizni quvontirmay qolmadi. Hamyurtimizni dunyo futbolida tutgan o'rni katta. SHuning uchun ham bizning qarorimizni izohlab  o'tirmaymiz. Bu ikki tamonlama manfaatli shartnoma bo'ldi.



 

SHundan so'ng, so'z Ravshan Ermatovga berildi.

"Assalomu alaykum, "Nixau" (xitoycha salomlashish), -  deya so'z boshladi FIFA referisi.

- Taklifingiz uchun rahmat. Taklifni o'rganib chiqar ekanman, xitoylik do'stlarim bilan maslahatlashdim. SHunda ular, 1.5 mlrd aholi istiqomat qiladigan mamlakatda "Huawei" katta o'rin tutishi va bu to'g'ri qaror bo'lishini takidlab o'tishdi, shunda ikkilanib o'tirmay rozi bo'ldim. Yana bir sabab, kompaniya sportning futbol turiga bo'lgan etiborini yuqoriligi bo'ldi.



SHundan so'ng Ravshan Ermatov va "Huawei" o'rtasida shartnoma imzolash marosimi bo'lib o'tdi. SHartnoma imzolangach, kompaniyaning direktori Van Pen eng so'nggi modeldagi telefon va soatni esdalik uchun 5 karra Osiyoning eng yaxshi hakamiga taqdim etdi. 
"Ravshan bilan kelishganimizdan xursandmiz. Bu "Huawei" tarixidagi katta kun. SHu kungacha biz Messi, Levandovskiy, Sanches va Rodriges kabi yulduzlar bilan shartnoma imzoladik. Bugungisi aynan Sizlarning hamyurtlaringiz bo'ldi. Yurtingizda futbolning rivojiga munosib ulush qo'shamiz degan umiddamiz", - deydi janob Pen.


 


Источник: championat.asia
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (29.06.2016)
Просмотров: 563 | Теги: huawei, Ravshan Ermatov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar