Messining Xitoyga tashrifi chog‘ida “Real” muxlisi bo‘lgan yosh futbolchi u bilan salomlashishdan bosh tortdi
Xitoyga reklama roligida suratga tushish uchun tashrif buyurgan “Barselona” hujumchisi Lionel Messi bilan kutilmagan holat yuz berdi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda. Argentinalik tasvirga olishdagi tanaffus chog‘ida mahalliy o‘smirlar futbol jamoasiga borishga rozi bo‘ldi. Buni keng yoritgan telekompaniyalar prodyuserlari fikricha, dunyo futboli superyulduzining mashg‘ulot bazasiga kelishi yosh tarbiyalanuvchilarni hayratga solishi kerak edi. Kutilmaganda ular safida bo‘lgan Madridning “Real” jamoasi ishqibozi Messi bilan salomlashishdan bosh tortdi. Faqat murabbiyining iltimosidan keyingina “qaymoqranglilar” ramzi tushirilgan futbolka kiygan Li Vo istar-istamas Leoning qo‘lini qisib qo‘ydi.Xitoy televideniyesi orqali mazkur reportaj namoyish etilgach, afsonaviy futbolchiga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatgani uchun Li Vo keskin tanqid ostida qoldi. O‘smir esa “Real” muxlisi ekanligi, biroq o‘zining qilmishidan afsusda ekanligini bildirdi.“Messi oldida kechirim so‘rashni istardim. Bu odobdan emasligini bilaman. Futbol yulduzi bo‘lishga intilayotgan ekanman, buni kelgusida inobatga olaman va kamchiliklarimni yo‘qotishga harakat qilaman”, — deya ta’kidlagan Li Vo. | |
Категория: SPORT YANGILIKLARI | | |
Просмотров: 2446 | |
Похожие материалы
Muhabbat tafti - Teri Meri hind soun... mp3
Ummon Guruhi - Aybim mp3
Benom - Balki Tun (OST Salom Sevgi) mp3
Munisa Rizayeva - Yurak mp3
Bolalar Guruhi - Jiyda mp3
VIA Marokand - Tarnov mp3
Botir Qodirov - Ko'ngil Izhori mp3
Shoxrux - Mani Jonim mp3
Jahongir - Bahor Bo'lib Sev (Buy... mp3
Добро Пожаловать, Гости