Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Milliy telekanallarda Shavkat Mirziyoyev haqida film namoyish etildi






O'zMTRKning «O'zbekiston» va «Yoshlar» telekanallarida O'zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev haqidagi hujjatli film namoyish etildi.
 
Film ikki qismdan iborat bo'lib, har bir qismi 20 daqiqadan davom etadi. Filmlar Shavkat Mirziyoyevning bolaligi va o'smirligiga bag'ishlangan bo'lib, uning maktabdagi o'qituvchilaridan olingan intervyularni o'z ichiga olgan.
 
Filmda shuningdek Shavkat Miromonovichning Oliy ta`lim muassasidagi oddiy o'qituvchilikdan prorektorlikkacha chiqishi va nihoyat O'zbekiston bosh vaziriga aylanishi ko'rsatib o'tilgan. Lentada Mirziyoyevning bolaligi va o'smirligi oq-qora tasvirlarda ko'rsatilgan.Film o'zbek tilida olingan bo'lib, imo-ishora tili ham qo'shilgan. Ayni kunlarda film Youtube portaliga joylangan.

Источник: kun.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (19.11.2016)
Просмотров: 847 | Теги: Shavkat Mirziyoyev, O'zMTRK | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar