Главная » DUYNO XABARLARI

Milliy TV’ni butun dunyo ko‘radi




Milliy TV telekanali YouTube videoxostingida to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyani boshladi. Endilikda telekanalni dunyoning istalgan nuqtasidan tomosha qilish mumkin.
Buning uchun YouTube’dagi izlash satriga Milliy TV deb yozish va kanalning to‘g‘ridan-to‘g‘ri efiriga ulanish kerak. Milliy TV’ning YouTube’dagi rasmiy kanalida barcha ko‘rsatuvlarni real vaqt rejimida tomosha qilish mumkin.
 
Milliy TV’ga televizor orqali ulanish uchun avtoqidiruv tizimini yoqish va signalni sozlash zarur. Agar siz kabel televideniyesiga ulangan bo‘lsangiz, avtoqidiruvdan foydalaning yoki telekanal efirini sozlash uchun operatorga murojaat qiling. Yuqorida aytilganidek, telekanalni YouTube’da ko‘rish uchun qidiruv satriga Milliy TV deb yozing va zavqlaning!

Источник: Daryo.uz
Категория: DUYNO XABARLARI | Добавил: AdminoFF (18.08.2016)
Просмотров: 669 | Теги: Milliy Tv | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar