Misrda 3 yoshli bolakay umrbod qamoq jazosiga tortildi


Qohira harbiy tribunali 2014 yilda Misrdagi betartibliklarda ishtirok etgan 116 kishini umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi. Ajablanarlisi, jazolanganlar orasida yaqinda 4 yoshga to‘ladigan bolakay ham bor.
Bolaning advokati Ramazon Farhodning aytishicha betartibliklar paytida bola 1,5 yoshda bo‘lgan. Bu haqda Newsru.com sayti xabar bermoqda.
Advokatning aytishicha, ayblov hukmi tayyorlanish vaqtida u xavfsizlik xizmatlariga bolaning haqiqatda go‘dak ekanligini isbotlash uchun uning tug‘ilgani haqidagi guvohnomani bergan, biroq hujjatlar qabul qilinmagan va ish baribir sudga oshirilgan.
2014 yil 3 yanvardagi namoyishlar ishtirokchilariga ayblov hukmi harbiy tribunal hakami tomonidan sirtdan chiqarilgan. Barcha ayblanuvchilar qotillik, polisiyachilarga qarshilik ko‘rsatish va mol-mulkka shikast yetkazish aybi bilan umrbod qamoq jazosiga tortildilar.
Gap "Musulmon birodarlar" islom harakati tarafdorlari va Misr huquq-tartibot muassasalari xodimlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar haqida ketmoqda. Bu to‘qnashuvlar davomida kamida 17 kishi o‘ldirilgandi.


Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: umrbod qamoq jazosi, bolakay, 3 yosh
Просмотров: 2222 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 08:13
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz