Главная » FIKR MULOXAZA

Mistika: Marhum bilan yozishma




 

Ushbu voqeani tahririyatga kelgan maktublar orasida ko`rib, o`qidik va juda ta`sirlandik. Surxondaryo viloyati, Denov tumanida istiqomat qiluvchi Nilufar Chorieva yozib yuborgan bu nomadagi sirli voqea barchani hayratga solishi tabiiy.

“Bundan ikki yilcha avval ijtimoiy tarmoqlardan biriga a`zo bo`ldim. Birinchi marta kirganim uchun qanday qilib do`stni topishni ham bilmas, tanish-bilishlarim qaysi nom ostida kirganini ham bilmasdim. Shuning uchun o`zim tanimagan bir-nechta qizlarga ham do`stlik taklifini yubordim. Ular qabul qilishdi. Zerikkan chog`larimda tanishib olib, bir nechasi bilan suhbatlashdim ham. Yangi topgan dugonalarim orasida Feruza degani juda shirinso`z va hozirjavob edi. Eng qizig`i, uning bilmagan narsasining o`zi yo`q.  Aslida Feruza bilan suhbatimiz ham antiqa boshlangan. Men undan oldin Dilbar degan qiz bilan gaplashsam, sira javob yozmadi. Lekin saytda ekanligini bildiruvchi nuqta yonib turardi.

—Nega yozmayapsiz? Men sizni xolamning qo`shnisiga o`xshatdim. Shuning uchun do`stlik taklifini bildirdim, — dedim oxiri unga.

—Aldamayapsizmi? — deb yozibdi nihoyat u.

—Nega aldayman? Mabodo qo`shningizning ismi Zulfiya, qizi Sofiya emasmi? — dedim.

—Ha, sizni ko`rganmanmi? — dedi u.

—Ko`rgansiz. Sofiya bilan sizlarnikiga chiqqanmiz. Bizga munchoqdan bilakuzuk yasashni o`rgatgansiz...

—Ha-a-a, esladim. Kechiring. Men sizni qizlar nomi bilan saytga kiradigan yigitlardan deb o`ylabman, — dedi u. — Suratingiz qo`yilmagani uchun tanimadim.

Uning gaplaridan bildimki, bir nechta yigit qizlar nomidan saytga kirib gaplashishga uringan ekan. Shundan buyon suratsiz, o`zi bilmagan qizlar bilan ham o`ylab gaplasharkan. 

Bu suhbatdan keyin ijtimoiy tarmoqlarda kutilishi mumkin bo`lgan ko`p narsalar haqida bilib oldim. Keyin u ishi borligini aytib, xayrlashib chiqib ketdi. Men esa Dilbar ketishi bilan Feruzaga yozdim:

—Salom. Yaxshimisiz? Qaerda o`qiysiz yo ishlaysiz?

Yana o`sha sukut. Feruza ham saytda bo`lsa-da, menga javob yozishni istamadi. Dilbar yozgan gaplardan keyin balki, Feruzada ham shubha bordir, deya o`zimning qiz bola ekanligimni eslatdim:

—Feruza opa, men yigit kishi emasman. Ijtimoiy tarmoqqa endi kirdim. Ko`p narsani bilmayman. Bilganim ayrimlar qizlarni ham yigit kishi deb o`ylab javob yozmaskan. Ammo men unaqa qilayotganim yo`q. Shunchaki dugona orttirmoqchiman xolos...

Bu gapimdan keyin ham picha o`zimning niyatim xolisligini isbotlashga urindim. Nihoyat, Feruzadan javob keldi:

—Yaxshimisiz? Uzr darhol javob yoza olmadim. Sizdan shubha qilganim yo`q. Qiz bola ekanligingizni, internetda tanishingiz kamligini, azbaroyi qiziqayotganingiz uchun ham begonalarga yozib bo`lsa ham tarmoqni o`rganayotganingizni bilaman.

—Rahmat! Nima ish qilasiz opa? — dedim yana bitta tanish orttirganimdan quvonib.

—Men ishlarni ham, o`qishlarni ham nihoyalab bo`lganman. O`zingizdan gapiring, — dedi Feruza opa.

Men uning gaplariga e`tibor qilmay, o`zim haqida gapirib ketdim.

Uzoq suhbatlashdik. Men oilamizni, o`zimni yaqindan tanishtirdim. Feruza opa juda shirinsuxan edi. Shu tariqa bir haftacha gaplashib yurdik. Yaqinda Qurbon hayiti arafasida uning profiliga kirib suratlarini tomosha qila boshladim. Ko`ra turib, dahshatga tushdim. Feruza opaning suratlari tagidagi munosbatlarda “Joying jannatda bo`lsin!”, “Oxirating obod bo`lsin!”, “Ishongim kelmaydi. Ammo nachora! Qabring nurga to`lsin!” degan gaplarni o`qidim. Eng dahshatlisi, bu gaplar bir yilcha avval yozilgandi. Men qo`rquv va hayrat ichida qoldim. Shunday bo`lsa-da, ming hadik bilan yozdim:

—Feruza opa, nega sizga bunaqa yozishgan? Men kechagina siz bilan gaplashdim-ku!

O`sha ondayoq notanish kishilardan izohlar yozila boshladi:

“Tavba qiling. Uning vafot etganiga bir yildan oshdi...”

“Adashgansiz...”

“Profiliga qarang, oxirgi marta kirgan sanasi saqlanib qolgan...”

Men hayajon va qo`rquv aralash qaytadan Feruza opaning profiliga kirdim. Chindan ham sayt uning bir yarim yil oldingi sanada oxirgi marta kirganini ko`rsatib turardi.

Keyin shaxsiy yozishmalarimizga qaradim. Ne ko`z bilan ko`rayki, u erda faqat mening gaplarim qolgan, Feruza opaning gaplari o`chib ketgandi. Kimdir meni ahmoq qilib Feruza opaning nomidan yozibdi-da, degan xayolga bordim. Ammo profildagi turgan o`tgan yilgi sana men gaplashgan inson hech qachon saytga kirmaganini bildirib turardi. Anchagacha o`zimga kelolmay yurdim. Oxirgi marta Feruza opani yod etib yozishmalarimizga qarasam, mening yozganlarim ham yo`q. Ana shundagina bu erda bir sinoat borligiga, men chindanda marhum bilan gaplashanimga ishonch hosil qildim...”

KAMINA  oqqa ko`chirdi


Источник: darakchi.uz
Категория: FIKR MULOXAZA | Добавил: AdminoFF (29.09.2016)
Просмотров: 301 | Теги: Hikoya, marhum | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar