Mizg‘ib olish sog‘liq uchun xavfli deb tan olindi

Tokio universiteti olimlari kunduzgi pinakni (mizg‘ib olishni) sog‘liq uchun xavfli, deb atadi. Olimlar o‘z tadqiqotlarini Diabetni o‘rganish bo‘yicha Yevropa uyushmasining Myunxendagi an’anaviy uchrashuvida taqdim etdi, deb yozadi The Telegraph.

Chala uyqu holati ikkinchi turdagi qandli diabet yuzaga kelishi xavfini o‘rtacha 45 foizga oshiradi. Buning uchun sutkaning kunduzgi qismida bir soatdan oshiqroq mudrash yetarli.

Tadqiqot olimlarning 300 mingdan ortiq kishini qamrab olgan 21 ta ishi metatahliliga asoslangan. Ta’kidlanishicha, mudroq holatida bir soatdan kamroq vaqt bo‘lib turish hech qanday xavfni keltirib chiqarmaydi. Bir soatdan ziyodroq davom etadigan chala uyqu holati xavflidir.

Bunga sabab — odam uyquning yangi fazasiga kirishidir. Tez uyqu fazasini yakunlash va sekin uyqu fazasiga kirmaslik uchun bir soat mizg‘ib olish kifoya.

Sekin uyquning bo‘linishi esa sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Bu uyqu inersiyasisiga olib keladi, u shunday ruhiy holatki, aqliy va jismoniy faollik kamayishi, shuningdek, ikkinchi turdagi qandli diabet rivojlanishiga olib keladigan endokrin buzilishlar bilan tavsiflanadi.



Категория: SOG'LIK (SIXAT-SALOMATLIK) | Теги: Mizg‘ib olish sog‘liq uchun xavfli
Просмотров: 1520 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 16:52
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz