Mobil internet eng arzon bo‘lgan mamlakatlar o‘ntaligi


“Content Review” axborot-tahlil agentligi (Rossiya) mobil internet eng arzon bo‘lgan mamlakatlar reytingini yangiladi. Yangi reytingni 2015 yil sentyabridagidek, Top-50 mamlakatlarning 2014 YaIMi bo‘yicha hisob qilib olindi. “Content Review” jamoasi bir gigabayt mobil interneti trafik narxini, dunyodagi o‘rtacha mobil internet iste’moli deb olib hisob-kitob qilib chiqdi.
Tahlilchilar har bir mamlakatni mobil internet segmentida yetakchi bo‘lgan ma’lum bir aloqa operatori “vakil” qilib olindi. Rossiya mamlakati uchun 2015 yilning barcha uch choragida shu xizmat turidan eng ko‘p foyda ko‘rgan “Megafon” kompaniyasining narxlari misol qilib olindi, - deydi tahlilchilar. Barcha narxlar RF MB ning 22 fevral 2016 yildagi kursga qarab belgilab olingan.
Birinchi o‘rinni Eron o‘zining “Hamrah-e-Avval” operatorida bir gigabayt uchun 13 rubl (13 foizga pasaygan) bo‘lgan narx bilan egalladi. Rossiyada gigabayt uchun narx o‘zgarmas – 117 rubl darajasida qoldi, lekin avvalida shu o‘rinni egallab turgan Pokistonda internet uchun narxning ko‘tarilishi tufayli ikkinchi o‘ringa chiqib oldi (79 foizga ko‘tarilish, 69 dan 113 rublga, operator “Mobilink”). Uchinchi o‘rinni T-Mobile taklif etayotgan 133 rubl bilan Polsha egalladi.
Qozog‘iston o‘z reytingida to‘rtta pozisiyaga “o‘zgarish” yuz berib, to‘qqizinchi o‘ringa chiqib oldi. Gigabaytning narxi qo‘shni mamlakatda 165 rublni tashkil etdi (“Kcell”).
1 Gb mobil internetning narxi Xitoyda («China Mobile») 394 rublligicha qoldi, Avstraliyada («Telsra») gigabayt 483 rubl, AQShda («Verizon Wireless») – 578 rubl, Buyuk Britaniyada («EE») – 1111 rublni tashkil etdi.
Reytingda eng katta o‘sishni 21 pozisiyaga ko‘tarilib 19 o‘rinni egallagan Iroq ko‘rsatdi (gigabaytning narxi 57 foizga, ya’ni 348 rublga tushib ketdi). Eng katta tushish Qatarda kuzatildi (19 ta o‘rin pastga, 34 pozisiyaga), narx ikki barobar oshib, 564 rublni tashkil etgan.
«Content Review» rahbari Sergey Polovnikovning ta’kidlashicha, 2015 yil sentabr oyidan ko‘pgina mobil aloqa operatorlari tariflarini qo‘rib chiqishga majbur bo‘ldi. «Xitoy, Qozog‘iston, Kanada, Venesuela, Meksika va boshqa bir qancha mamlakatlar milliy valyutalarining devalvatsiyaga duch kelishi tufayli, reytingdagi pozisiyalariga ta’sir etgan. Yevropa mamlakatlarida esa operatorlar roumingdan kelgan zararni qoplash maqsadida asosiy xizmatlarga rejalashtirilgan ravishda narxlar qo‘yishgan”, dedi Polovnikov.


Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: eng arzon, Mobil internet
Просмотров: 1775 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 23:09
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz