Главная » DUYNO XABARLARI

Moskvada kelin-kuyov va mehmonlar pul to‘lamaslik uchun to‘y banketidan qochib ketdi






Moskvada to‘y banketi uchun pul to‘lashni istamay, mehmonlar va kelin bilan birga qochib ketgan 41 yoshli erkak politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Furshet uchun oldindan to‘lov sifatida erkak 20 ming rubl kiritgan edi, ammo banket nihoyasida muassasa ma’muriyati unga yakuniy hisobni ko‘rsatganida, u mehmonlarni qochib ketishga ko‘ndirdi. Aytilishicha, shu yo‘l bilan yosh juftlik oila budjetini saqlab qolmoqchi bo‘lgan.
 
Restoran ma’muri erkak ustidan politsiyaga shikoyat qildi. Hisobda 100 ming rubllik ovqat yeyilgani ko‘rsatilgan.
 
Yangi oila boshlig‘iga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Источник: Daryo.uz
Категория: DUYNO XABARLARI | Добавил: AdminoFF (13.10.2016)
Просмотров: 256 | Теги: kelin-kuyov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar