Главная » AVTO OLAM

Moskvich”ni “Matiz”ga almashtirish mumkinligi haqidagi mish-mishlarni firibgarlar tarqatgani aytildi



Facebook ijtimoiy tarmog‘ida eski “Moskvich”ning ustiga 500 dollar qo‘shib berib, “Matiz”ga ega bo‘lish mumkinligi haqida xabar tarqaldi, deb yozadi “1news.uz” “Darakchi” gazetasiga tayanib.

Xabarga ko‘ra, bunga “Moskvich”ning kapoti platinadan, klapani esa iridiydan yasalgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Qayd etilishicha, bu firibgarlarning odamlarni laqqa tushirish yo‘lidagi navbatdagi urinishidir.

“Firibgarlar avval bozordan ‘Moskvich’ rusumidagi eski mashinalarni arzon-garovga sotib olgan. Endi esa ularni odamlarga bir necha baravarga qimmatga sotish uchun mazkur shov-shuvni tarqatgan”, — deyiladi xabarda.

“Mish-mish ishqibozlari uchun eslatma: na ‘Moskvich’, na boshqa eski mashinalar kapotida (motorida, akkumulyatorida, buferida va boshqa ‘a’zolari’da) hech qanday qimmatbaho metall (oltin, platina, kumush, osmiy, iridiy va hokazolar) yo‘q! Bo‘lishi ham mumkin emas”, — deb yozadi muallif.


Источник: daryo.uz
Категория: AVTO OLAM | Добавил: AdminoFF (14.06.2016)
Просмотров: 376 | Теги: firibgar, moskvich, Matiz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar