Главная » SPORT YANGILIKLARI

Muhammad Ali AQShning Luisvill shahrida islom dini an`analariga muvofiq dafn etiladi

Muhammad Alining dafn marosimida AQShning etuk musulmon arboblari, Alining yaqin do`stlari, qarindoshlari afsonaviy bokschini xotirlab, vidolashuv nutqini so`zlashdi, deb xabar qildi “Tass.ru” nashri.

Afsonaviy bokschi Muhammad Alining dafn marosimi o`zi tug`ilib o`sgan Luisvill shahrida islom dini rasm-rusumlariga asosan o`tkazildi. Motam marosimida 14 mingdan ortiq odam ishtirok etgan. 

Dafn marosimi Muhammad Ali ilk bora 1960 yilda g`alaba qozongan jangi o`tkazilgan  Freedom Hall sport maydonida o`tkazildi. Marosimga kirish tarqatilgan tekin biletlar orqali amalga oshirildi, bileti bo`lmagan odamlar kiritilmadi.

Bokschi bilan xayrlashish maqsadida chet ellardan ham uning muxlislari tashrif buyurdi. Alining adashi bo`lmish bir erkak ahvoli og`irligi, kasalligiga qaramay Bangladeshdan etib kelgan. Bokschi bundan 40 yil yil ilgari Bangladeshga borganda, shu odamning uyiga tashrif buyurgan va uning adashligini bilgach, hazillashib “egizagim” deb atagan ekan. “Agar men u bilan vidolashmaganimda o`zimni kechira olmagan bo`lardim”, dedi bangladeshlik Muhammad Ali.

Muhammad Ali 1964 yilda islom dinini qabul qilgan. Dafn marosimida AQShning ko`zga ko`ringan musulmon arboblari, Alining qarindoshlari va do`stlari ishtirok etgan. Marosimda bundan tashqari sobiq amerikalik bokschi Shugar Rey Leonard ham ishtirok etib, Muhammad Alini “Butun dunyoga ta`sir o`tkaza olgan haqiqiy jasur inson, ustozim va do`stim”, deb atadi va qachonlardir unga o`xshashga intilganini tan oldi. 

Vidolashuv marosimi bor-yo`g`i 20 daqiqa davom etdi, marosim davomida barcha ishtirokchilar Makkaga yuzlangancha, Qur`on tilovat qildilar. Marosim Muhammad Ali o`limi oldidan qilgan vasiyatiga bo`yicha o`tkazilgan.  Dafn marosimi uchun belgilangan 15 ming dona bepul biletlar bir soat ichida tarqatilib, tamom bo`lgan.


Источник: darakchi.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (10.06.2016)
Просмотров: 680 | Теги: Muhammad Ali | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar