Muhammadiso Abdulhairov Sardor Rahimxondan nega xafa bo‘ldi?


Xonanda Sardor Rahimxon o‘zining Instargram`dagi sahifasida qiziqarli videojoylashtirdi: unda Muhammadiso Abdulhairov xonandadan konsert dasturiga ikkita chipta berishini so‘raydi. Sardor Rahimxon esa konsertga chiptalar qolmaganini aytib, aktyorning iltimosini rad etadi. Bu holat Muhammad Iso Abdulhairovni ranjitadi.
Rahimxon rolikning tagiga quyidagi so‘zlarni qoldirgan: “Muhammadiso Abdulhairov — eng yaxshi ko‘rgan aktyorim. Ming bor uzr, akajon”.
Tarmoq foydalanuvchilari ushbu video hazil tariqasida olinganini va bu konsert oldi tayyorlangan piar ekanligini qayd etishmoqda, ba’zilar bu rolik juda kulguli va qiziq tuyulganini yozib qoldirishgan. Joriy yilda ko‘plab xonandalarning konsert dasturiga chipta sotish jarayonida muammolar paydo bo‘lmoqda. Ayrim xonandalarning konsertiga hattoki, qalbaki chiptalar ham tarqalib ketdi. Shuningdek, bu mavsumda konsertlar ham talaygina. Mazkur rolik esa muxlislar va internet nashrlarining e’tiborini tortish uchun atayin uyushtirilganga o‘xshamoqda.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Muhammadiso Abdulhairov, Sardor Rahimxon
Просмотров: 1692 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 03:15
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz