Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Munisa Rizaeva sevgan insonining xiyonatidan o`ziga kelolmayotganini aytdi



 

Bu xonanda haqida turli gap-so`zlar eshitishga o`rganib qolganmiz.  Ayniqsa so`ngi besh yil ichida do`stlar xiyonati,  ijodiy inqiroz qaddini biroz bukkandek bo`ldi-yu, lekin fe`lidagi qat`iyat uning  sinishiga yo`l qo`ymadi. O`z sohasining fidoiysi, mehnatkash ijodkor — Munisa Rizaeva “Darakchi” gazetasiga intervyu berdi.

Xususan, xonanda so`nggi paytlarda tushkunlikka tushib qolgani haqida gapirib, uning sabablarini quyidagicha izohladi: 

“Bu holat shaxsiy hayotimdagi voqealar bilan bog`liq. Matbuotga rasman e`lon qilmagan bo`lsamda, hamkasblarim, yaqinlarim turmushga chiqishni rejlashtirayotganimni bilishardi. To`y kunini o`tgan yildagi konsertimdan keyinga rejalashtirgandik. Ammo sevgan insonimning xiyonati tufayli to`yimiz to`xtatildi. Shundan keyin uch oy o`zimga kelolmadim. Qalb jarohati bitishi qiyin ekan. Uni unutish maqsadida, ko`proq sayyohatda yurishga harakat qildim. Hozir bu haqda biroz oson gapiryapman. Ammo uch oy oldin “nega xiyonat qildi?”, “odamlar to`yim haqida so`rashsa nima deyman?”, kabi savollar ich-etimni kemirib ado qilgandi. Qolaversa, san`aktorlar doim barchaning diqqat markazida bo`lishadi. Ochig`i, yana gap-so`zlarga qolishdan qattiq xavotirga tushgandim. Chunki salbiy gaplarni eshitish oson emas. Ammo vaqt hamma narsaga davo ekan. Oradan oylar o`tib, endi-endi uni unuta boshladim... Hayotning turli zarbalariga chidash uchun insonning irodasi kuchli bo`lishi kerak ekan. Bundan keyin hammasi yaxshi bo`lishiga ishonaman”.

Munisa Rizaeva bilan to`liq intervyuni yaqin soatlarda saytimiz orqali o`qishingiz mumkin.


Источник: darakchi.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (03.06.2016)
Просмотров: 1174 | Теги: Munisa Rizaeva, Hiyonat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar