Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Munisa Rizayeva uch o‘g‘il va ikki qizi bo‘lishini istaydi





Xonanda Munisa Rizayeva “Darakchi” gazetasining “Qisqa va lo‘nda” loyihasida ishtirok etdi va o‘z hayotiy qarashlari hamda orzulari haqida qisqacha gapirib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
“Agar sevib qolsam, munosabatimni birinchi bo‘lib izhor qilishdan uyalmayman. Aksincha, ko‘nglim bo‘lmagan odamga seni sevmayman, deb aytishdan qo‘rqmayman”, – dedi xonanda.
Shuningdek, Munisa Rizayeva tasavvuridagi oilaviy surat haqida shunday deydi: “Turmush o‘rtog‘im gavdali, kelishgan yigit bo‘lishini orzu qilaman. Xudo xohlasa, uch o‘g‘il, ikki qizimiz bo‘ladi. Men o‘sha paytda ham ishbilarmon ayol bo‘lib yursam kerak”.
Ma’lumot uchun, oktabr oyida Munisa Rizayeva 30 yoshga to‘ladi.

Источник: Daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (08.08.2016)
Просмотров: 533 | Теги: Munisa Rizayeva | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar