Munisa Rizayevaning Yangi "Yurak" deb nomlangan albom taqdimoti haqida (batafsil)


Munisa Rizayeva 22-mart kuni "Yurak" nomli albomining taqdimotini o‘tkazdi. Unda boshlovchilikni Davron Kabulov amalga oshirdi.  

Tadbir davomida Munisani suratini chizganlar uchun disk sovg‘a qilindi. Suratlardan birini Davron Kanizaga qiyoslagan bo‘lsa boshqasini Amir Temurga o‘xshatdi.
Munisa  Rizayeva mazkur albom haqida so‘zlab berdi: - 24 ta qo‘shig‘imdan iborat bo‘lgan bu albom mening 3-albomim bo‘lib, uni “Yurak” deb nomladik. Unda bir qator muxlislar sevgan qo‘shiqlar joy olgan. Shuningdek, o‘z muallifligimdagi 4 ta kompozisiya ham bu albomdan munosib o‘rin oldi. Shuningdek, “Vatan” haqidagi qo‘shig‘im ham alohida e’tiborga loyiq. Qolaversa saundtreklar va duet taronalar ham bor.

O‘z sozandalari bilan tashrif buyurgan xonanda “Men bilan birga o‘tkazilgan uchrashuvlarda doimo jonli kuylab bering  deb so‘rashadi. Mana bugun men sizlar uchun jonli kuylayman” –deya bir juft qo‘shiq kuyladi. Bu qisqa fursatda muxlislar suratlarni chizib bo‘lishdi va g‘oliblar aniqlanib, ularga estalik sovg‘alari taqdim etildi.

“Yurak” nomli mazkur albom 24 ta qo‘shiqdan iborat bo‘lib, siz uni yurtimizda joylashgan savdo markazlaridan harid qilishingiz mumkin.
Albomdan joy olgan taronalarning demo turini bizning mp3lar.com saytidan ham yuklab olishingiz mumkin!



E’tiborlisi Munisa   5-ta ashulani jonli ijroda kuyladi va muxlislarini kuylatti xam. 
Barchasini 30-minutlik videoda ko‘rib xis qilishingiz mumkin.

 


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Munisa Rizayeva, taqdimot, albom
Просмотров: 2606 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 17:36
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz