Главная » DUYNO XABARLARI

Myunxendagi otishmada 6 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi



Germaniyaning Myunxen shahrida sodir bo‘lgan otishma qurbonlari soni olti kishini tashkil etdi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Dastavval ayrim axborot kanallari otishmada 15 kishi halok bo‘lganini, boshqalari esa bir kishi halok bo‘lib, o‘n kishi yaralanganini xabar qilgan, ammo politsiya bu ma’lumotlarni tasdiqlamagan edi. Keyinroq politsiya qurbonlar borligini tasdiqladi.
 
Eslatib o‘tamiz, Germaniyaning Myunxen shahridagi Olympia-Einkaufszentrum savdo markazida otishma sodir bo‘ldi. Ayni paytda politsiya maxsus operatsiya o‘tkazmoqda, uning tafsilotlari oshkor qilinmayapti. Mahalliy televideniyening ma’lum qilishicha, jinoyatchi haligacha bino ichida bo‘lishi mumkin.

Источник: daryo.uz
Категория: DUYNO XABARLARI | Добавил: AdminoFF (23.07.2016)
Просмотров: 241 | Теги: Myunxen, otishma | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar