Namanganda cho‘kayotgan qizni qutqarishga uringan 21 yoshli yigitning jasadi topildi


Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida 29-mart kuni 1999-yilda tug‘ilgan M.Rahimjonova “Shimoliy Farg‘ona” kanaliga tushib ketgan, 21 yoshli S. Isomxo‘jayev uni qutqarish maqsadida o‘zini suvga otib, cho‘kib ketgandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida 21 yoshli S. Isomxo‘jayevning jasadi kanalning Uychi tumani, “Do‘stlik” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi qismidan topildi. U shu tumanning “Ziyokor” mahallasida yashagandi.

M.Rahimjonova qutqarib qolinib, kasalxonaga yotqizildi.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: yigit, cho‘kayotgan qiz
Просмотров: 1081 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 21:14
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz