Namanganda ikki yigit tomonidan olib qochilgan 16 yoshli qiz o‘zini mashinadan tashlab halok bo‘ldi


Namangan viloyati Norin tumanida yashovchi 18 va 23 yoshli ikki yigit 2020-yilning 20-dekabr kuni 16 yoshli qizni olib qochgan, qiz esa ulardan qutulish uchun o‘zini mashinadan tashlagan va halok bo‘lgan. Bu haqda Zo‘r TV telekanalining “Bu kun” axborot dasturi  xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Norin tumanida yashovchi ikki yigit 20-dekabr kuni soat 23:30 da spirtli ichimlikdan mast holda tumanning “Changitma” mahallasidagi xonadonlardan birida ijarada yashab kelayotgan, asli Uchqo‘rg‘on tumanidan bo‘lgan 16 yoshli qizning oldiga borgan. Yigitlar qizga uning dugonasi bilan bog‘liq muhabbat mojarosida gaplashib olmoqchi ekanligi va bu masalada uning yordami kerakligini aytgan. Shundan so‘ng yigitlar qizni Damas mashinasi o‘tkazib, uni o‘g‘irlab ketgan.

Qiz esa yigitlardan qutulish maqsadida yurib ketayotgan mashinaning eshigini ochib, o‘zini yerga tashlagan.

Qizni o‘g‘irlagan yigitlardan birining so‘zlariga ko‘ra, qiz o‘zini mashinadan tashlagach, u mashinadan tushib, qizga yordam berish uchun oldiga borgan. Ikkinchi yigit esa qo‘rqqanidan voqea joyidan qochib ketgan.

Damas haydovchisi voqea joyidan qochib ketgach, yo‘ldan o‘tib ketayotgan Lacetti haydovchisi to‘xtab, jon talvasasida yotgan qizni shifoxonaga olib borgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, qiz o‘ta o‘g‘ir tan jarohati bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Aniqlanishicha, qiz o‘g‘irlab ketilgan xonadonda Uchqo‘rg‘on tumanidan ikki nafar, Norin tumanidan bir nafar qiz o‘qishga kirish uchun tayyorlov kurslarida o‘qish maqsadida bir yarim oydan buyon yashab kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Norin tumani IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 117-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan xavf ostida qoldirish) hamda 137-moddasi 3-qismi “b” bandi (og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan odam o‘g‘irlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ikki yigitga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

VIDEONI KO'RISH



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR
Просмотров: 3954 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 13:35
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz