Namanganda militsiya xodimasi o‘g‘rini qo‘lga oldi

Namanganda militsiya xodimasi qimmatbaho elektronikani o‘g‘irlagan jinoyatchini qurolsizlantirib, buyumni egasiga qaytarishda yordamlashdi. Bu haqda Uzinform xabar berdi. Namangan viloyat markazida istiqomat qiluvchi Sirojiddinov avtobusdan tushganida o‘zining qimmat smartfoni yo‘qolganini bildi. Militsiyaga darhol qo‘ng‘iroq qilishning imkoni yo‘q edi. Ammo shu yerga yaqin turgan patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi batalyoni serjanti Gulnora Boltaboyeva jinoyatchini izlash va uni qo‘lga olishda faol qatnashdi. — O‘g‘rilar o‘rtasida o‘zaro aloqa juda yaxshi rivojlangan, shuning uchun tez harakat qilish kerak edi. Jinoyatchining sherigi istalgan vaqtda o‘g‘irlangan buyumni olib qochishi mumkin edi. Keyin uni isbotlashning imkoni bo‘lmas edi. Bu safar bizning omadimiz keldi. Sudlanuvchi "daromad”ni sheriklari bilan bo‘lishishni xohlamagan va yolg‘iz "ishlagan”, — deydi militsiya xodimasi Gulnora Boltaboyeva. Sodir etilgan jinoyat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.



Категория: FIKR MULOXAZA | Теги: Namanganda militsiya xodimasi o‘g‘r
Просмотров: 1353 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 08:50
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz