Napoleon Xill: qashshoqlikning sababi miyangizda


Sakson yilcha ilgari jurnalist Napoleon Xill boylikka erishishning sirli kalitini topishga qaror qildi. Uning bu urinishi bejiz ketmadi va Xill darhol bestsellerga aylanib ketgan va hozirda ham ko‘plab nusxada sotiladigan «O‘yla va boy bo‘l» deb nomlanuvchi kitobini chop etdi.
Uning kitobida «pul», «moliya» yoki«aksiya» haqida so‘z bormaydi.
Xillning fikricha, qashshoqlikning sababi miyamiz ichida.
Muallif e’tiborini ko‘pchiligimizning boy bo‘lishimizga to‘sqinlik qiluvchi fikrlarga qaratadi. Va uning bu qarashi hozirda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.
Quyida Napoleon Xillning kitobidan iqtiboslar keltirilgan.
«Inson muvaffaqiyatga erishguniga qadar albatta vaqtinchalik mag‘lubiyatlar va ehtimol jiddiy inqirozlar bilan to‘qnashadi. Muvaffaqiyatsizlikdan qutulishning eng oddiy va mantiqiy yo‘li – barchasidan voz kechishdir. Aksariyat kishilar aynan shunday yo‘l tutadilar».
«Balki siz ham bilarsiz... dunyo yaralganidan buyon hozirgacha ma’lum bo‘lgan barcha buyuk arboblar orzumand bo‘lishgan».
«Agar biror narsani amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz – uni bajaring».
«Boylik u haqda o‘ylashdan boshlanadi! Uning miqdori boylik haqida o‘ylashni boshlagan inson tomonidangina chegaralanishi mumkin. Ishonch esa chegaralarni olib tashlaydi!»
«Maktabni bitirishi bilan o‘qishni to‘xtatgan inson mavqei qanday bo‘lishidan qat’i nazar o‘sishdan to‘xtaydi. Muvaffaqiyat sari yo‘l doimiy ravishda bilim olishdadir».
«Agar birinchi rejangiz muvaffaqiyat keltirmasa, boshqa rejaga almashtiring; yangi rejangiz ham omadsizlikka uchrasa, yana boshqa reja bilan almashtiring va muvaffaqiyatli rejani topmaguningizcha shunday holda davom eting».
«Agar maqsadga erishmasdan taslim bo‘lsangiz, siz – «mag‘lub»siz. Mag‘lublar hech qachon g‘olib bo‘lishmaydi, g‘oliblar esa hech qachon taslim bo‘lishmaydi».
«Hayotda ko‘pchiligimiz omadsiz sifatida yo‘l bosib o‘tamiz, chunki biror arzirli narsani boshlash uchun doimo «qulay vaziyat»ni kutamiz. Kutmang. «Qulay» vaziyat hech qachon kelmaydi. Hoziroq boshlang, o‘zingizdagi bor imkoniyatlarni ishga soling, yaxshi imkoniyat esa harakatingiz davomida paydo bo‘ladi».
«Omadsizlikka uchragan 25000 nafardan ortiq erkak va ayollarni o‘rganib chiqish jarayonida ma’lum bo‘ldiki, omadsizlikning asosiy 30ta sababi ichida qat’iyatning yetishmasligi deyarli asosiy o‘rinni egallar ekan. Bu shunchaki nazariy ta’kid emas – bu fakt... Kim darhol qaror qabul qilsa va nimani istayotganini bilsa, bunga albatta erishadi».
«O‘ta ko‘p gapiradigan odam odatda oz ish qiladi. Agar siz tinglashdan ko‘ra ko‘proq gapirsangiz, siz o‘zingizni nafaqat foydali bilim olish imkoniyatidan mahrum qilgan bo‘lasiz, balki sizga hasad qiluvchi insonlarga o‘z maqsad va rejalaringizni oshkor ham qilasiz»
«Kambag‘allik o‘rnini boylik egallasa, buning sababi yaxshi o‘ylangan va amalga oshirilgan rejadadir. Kambag‘al bo‘lish uchun reja shart emas. Kambag‘allik o‘ziga ishongan va berahmdir. Boylik esa uyatchan va hurkakdir. Uni asta-sekin jalb qilish lozim».
«Ongni ijobiy va salbiy hissiyotlar bir vaqtning o‘zida egallashi mumkin emas. Ulardan qaysi biridir ustunlikka ega bo‘ladi. Sizning burchingiz ongingizni ijobiy fikrlar egallaganiga ishonch hosil qilishdir».
«Insoniyatning eng asosiy ojiz tomonlaridan biri shundaki, har bir inson «imkonsiz» degan so‘z bilan tanish. U amalga oshirib bo‘lmaydigan barcha qoidalarni biladi. U qilish mumkin emas bo‘lgan barcha narsalarni biladi... bir necha yil oldin men lug‘at kitobi sotib oldim. Va birinchi qilgan ishim «imkonsiz» degan so‘zni topish va uni qirqib olish bo‘ldi. Siz ham shunday qilsangiz yaxshi bo‘ladi».
«Ayrim odamlar faqat pul bo‘lsagina pul topish mumkin degan ahmoqona fikrda bo‘ladilar. Bu noto‘g‘ri! Xohish – pul topishning yagona vositasi mana shu. Aslida pul hech narsa emas, shunchaki inert buyum. U harakatlanmaydi, fikrlay olmaydi, gapirmaydi, lekin uni chaqirayotgan odamni «eshitadi»!
«Dunyoda har qanday halol inson farovonlikka erishishi uchun barcha erkinlik va imkoniyatlar mavjud. Ovga chiqqan odam albatta qaerda ko‘p o‘ljaga ega bo‘lish mumkin bo‘lsa, o‘sha yerga boradi. Boylikka intilganda ham mana shu qoidaga amal qilish lozim».   
 


Категория: FIKR MULOXAZA | Теги: qashshoqlikning sababi miyangizda, fikr muloxaza, Napoleon Xill
Просмотров: 1670 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 12:33
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz