Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Nargiz Zokirova eri uni va o‘g‘lini o‘ldirish bilan tahdid qilganini aytdi



Xonanda, “Golos” teleshousi yulduzi Nargiz Zokirova “Layf” nashriga bergan intervyusida eri, italiyalik xonanda Filipp Balzano unga tahdid qilayotganini tan oldi. Uning ta’kidlashicha, ajrashish jarayoni yanada kattaroq oilaviy nizoni keltirib chiqargan.

“Bir yil davomida erimning bosimi ostidaman, — deb hikoya qiladi Nargiz. — Bu men uchun yoqimsiz bo‘lgan pul mavzusi bilan bog‘liqdir. Negadir u, xotinim pulni kurab olmoqda va millionlar topmoqda, deb o‘ylab qoldi, muhimi, uning fikricha, men barcha ishlab topganimni unga berishim kerak ekan. Men pul topish uchun Rossiyaga ketdim, negaki rus Nyu-Yorkidagi klub va restoranlarda ish topish oson emas. Ayniqsa nomzod turmush o‘rtog‘imdagi kabi portlovchi fe’l-atvorga ega bo‘lsa, ixtilofga moyilligi bo‘lsa. Shu bois men uni uyda o‘tirishga ko‘ndirdim, o‘zim esa unga pul bilan bilan yordam berib turishimni aytdim. Ishlab topganimni erim va bolalarimni ta’minlash uchun Nyu-Yorkka yuborar edim. Ammo bu unga kam ko‘rindi. U qarz bo‘lib qolganini aytdi va bir necha yuz ming dollardan iborat summani keltirdi — bu men uchun ancha katta raqamdir. Lekin men unga yordam berishga majbur edim, negaki, uning so‘zlariga qaraganda, pulni ‘jiddiy’ insonlarga va imkon qadar tezroq yetkazish kerak edi”.

“U nimadan qarz bo‘lib qolganligini hanuzgacha bilmayman, — so‘zida davom etdi xonanda. — Men uning barcha moddiy injiqliklarini qoniqtirdim — mashina sotib oldim, uyni ta’mirdan o‘tkazdim, studiya olib berdim. Bundan tashqari, bolalarning kollej va maktabi uchun barcha hisoblarni o‘zim yopdim. Hozir esa u meni beparvo ona ekanligimda ayblamoqda, go‘yoki uni u yerda qizim bilan tashlab ketibman. U nafaqat menga, balki oilam va bolalarimga ham tahdid qilmoqda. Nyu-Yorkka kelganimning ikkinchi kuni Filipp ichib olib, o‘zini bilmaydigan ahvolda uyga keldi. U o‘g‘limga tashlana boshladi, uni kaltaklash darajasiga yetdi. Men ularni arang ajratdim. Hamma o‘sha yerda edi: oyim, bolalarim, shu bois politsiyani chaqirdim, aks holda ixtilof hal bo‘lmas edi”.

Nargiz Zokirova ularning 16 yoshli qizi ajrashish qarorini bosiqlik bilan qabul qilganini alohida qayd qilib o‘tdi.

“U, tabiiyki, mening tomonimda edi, negaki, otasining xatti-harakatlarini ko‘rib, qiyin ahvolga tushdi. Lekin Leyla menga shunday dedi: ‘Oyi, men sizni juda yaxshi ko‘raman, men sizning tomoningizdaman va otam nima qilayotganini ko‘rib turibman, lekin bu vaziyatda suz buvim va Auel (Nargizning o‘g‘li) bilan birga qolganingiz yaxshi. Men esa otam bilan qolaman, u qandaydir xatolar qilayotganida to‘xtatib turish uchun’. Hozir u otasi bilan yashamoqda. O‘g‘lim esa o‘sha kuniyoq ketishga majbur bo‘ldi. Filipp unga tahdid qildi. U meni, o‘g‘limni, oilamni o‘ldirishini aytdi. U to‘pponchasi borligini, agar hozir birorta kelsa, hammani otib tashlashini bot-bot takrorladi. Bu juda qo‘rqinchli manzara edi, politsiya chaqirishdan boshqa choram qolmagan edi”, — deb eslaydi xonanda.

U eri o‘g‘lini to‘rt yoshligidan yoqtirmay qolganini, shundan buyon ikkalasiga og‘zaki tarzda bosim o‘tkazib kelganini ta’kidladi.

Nargiz Zokirova, shuningdek, ajrashish jarayoni boshlanganini ma’lum qildi:

“Hozir ajrashish bilan Nyu-Yorkda advokatlar shug‘ullanmoqda, bunda menga Maksning prodyuserlik markazidagi odamlar yordam bermoqda, shu bois, Rossiyadan hujjatlar talab etilsa, biz ularni yubora olamiz”.

“Bilasizmi, men uni aqldan ozar darajada yaxshi ko‘rar edim. Men hammasini kechirardim. Buni chetdan ko‘rgan odamlar meni bunday yashab bo‘lmasligidan, ketgan ma’qulroq ekanligidan ogohlantirgan edi. Men hech kimga quloq solmadim, yuragimga ergashdim, hammasi joyiga tushishiga ishondim”, — deb so‘ziga yakun yasadi Nargiz.


Источник: daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (05.06.2016)
Просмотров: 831 | Теги: Filipp Balzano, Nargiz Zokirova | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar