Nargiz Zokirova “Golos” yarim finaliga chiqdi


6-dekabr kuni Rossiyaning Birinchi kanali orqali namoyish etilayotgan "Golos” teleloyihasi ishtirokchilari o‘rtasida chorak final bahslari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Mezon” nashri xabar bermoqda.

Unda har bir murabbiy jamoasidan uch kishi sahnaga chiqdi. Ulardan faqat bittasi teletomoshabinlar va murabbiy tomonidan tanlab olindi. Muxlislar g‘olibni maxsus raqamga xabar jo‘natish yoki qo‘ng‘iroq qilish orqali aniqlash imkoniga ega bo‘ldi.

Gradskiy jamoasidan Sergey Volchkov, Pelageya shogirdlaridan Tina Kuznetsova, Dima Bilan jamoasidan Andrey Svetkov yarim finalga yo‘llanma oldi.

An’anaga ko‘ra, sahnaga so‘nggi bo‘lib chiqqan Leonid Agutin shogirdlari — Pyotr Yelfimov, Elina Chaga va Nargiz Zokirova ichida hamyurtimizga yana o‘z iste’dodi keyingi bosqichda ishtirok etish imkonini yutib berdi.

Nargiz afsonaviy "Nirvana” guruhining mashhur "Smells Like Teen Spirit” qo‘shig‘ini ijro etdi va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

 Manba:daryo.uz



Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Nargiz Zokirova
Просмотров: 2307 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 05:46
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz