Главная » DUYNO XABARLARI

Nazarboyev: “Yaxshi xayot uchun universitetda o‘qish shart emas”





Qozog‘iston Prezidenti Pavlodarskga rasmiy tashrif buyurgan edi. 29 sentabr kuni u hududdagi jamoatchilik bilan ko‘rishdi.
 
“Yaxshi xayot uchun universitetni tugatish majburiy emas va bunday odamlar yerning qayeridadir ikki foizni tashkil etadi”, deydi davlat rahbari.
 
“Pavlodarnews.kz”ning xabar berishicha, Qozog‘iston prezidenti o‘zining birinchi kasbi – po‘lat quyuvchi mutaxassisligini texnika bilim yurtida olganini aytib o‘tdi.
 
“Inson tanlagan hunari ehtiyojlarini qondiribgina qolmay, odamni universitet diplomidan ko‘ra ko‘proq mashhurlikka yetaklashi, ko‘klarga ko‘tarishi ham mumkin. Yoshlar dastlab, iqtisodchi, yurist kabi mutaxassisliklarga o‘zlarini urishadi, oxir-oqibat, ularning mutaxassisligiga talab qolmaydi. Shuning uchun inson o‘z hunariga hurmat bilan qarashi kerak. Menga rahbarlarning atrofdagi ishchilariga baqirib muomala qilishi yoqmaydi. Bunday qilish mumkin emas”, deydi Nursulton Nazarboyev.
 
So‘zlarining isboti sifatida prezident o‘z ishidan mamnun bo‘lgani uchun baxtini topgan maxarodja haqidagi sharqona donishmandlik namunasidan misol keltirdi.
 

Источник: qalampir.uz
Категория: DUYNO XABARLARI | Добавил: AdminoFF (01.10.2016)
Просмотров: 396 | Теги: Nazarboyev | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar