Nexia va Gentra Qozog‘istonda eng ko‘p sotiladigan mashinalar o‘ntaligiga kirdi


O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Nexia va Gentra avtomobillari Qozog‘istonda eng ko‘p sotiladigan mashinalar o‘ntaligiga kirdi. Bu haqda “12news.uz” xabar beradi.

“Avtokonsalting.KZ” agentligi ma’lumotlariga qaraganda, joriy yilning sentabr oyida Nexia va Gentra o‘zbek avtomobillari o‘ntalikdan Hyundai Elantra’ni chiqarib yubordi.Faqat sentabr oyi davomida ushbu markadagi avtomobillardan 565 ta sotilgan: Nexia (238) o‘ntalikning to‘qqizinchi o‘rnidan, Gentra (227) esa o‘ninchi o‘rnidan joy oldi.2015-yilning sentabr oyida qozog‘istonliklar eng ko‘p quyidagi markali avtomobillarni xarid qilgan: Rossiyaning LADA Priora avtomobili (650) o‘ntalikda birinchi o‘rinni egalladi. 2-o‘rinni Hyundai Accent (522), 3-o‘rinni Volkswagen Polo Sedan (516), 4-o‘rinni Kia Rio (351), 5-o‘rinni Renault Duster (327), 6-o‘rinni Renault Logan (293), 7-o‘rinni LADA Largus (268), 8-o‘rinni esa Renault Sandero (240) egalladi.Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan kompaniyasi 8-oktabr kuni Moskvada Uz-Daewoo o‘rniga kelgan yangi Ravon brendi taqdimotini o'tkazgan edi.



Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 1257 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 15:02
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz