Neymar “Barselona”ga antiqa uslubda javob qaytardi


Fransiyaning “PSJ” klubi hujumchisi Neymar “Barselona” klubi ustidan FIFA tashkilotiga rasmiy shikoyat taqdim etdi. Bu haqda FIFA ning Matbuot xizmati xabarbermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, “Barselona” klubi Neymarga yangi shartnoma imzolagani uchun mukofot pulining ikkinchi qismini to‘lamagan.

Unga ko‘ra 25 yoshli hujumchi 2016 yilning oktabr oyida imzolangan shartnomasi uchun yana 26,0 million yevro mukofot puli olishi kerak edi.

Ayni paytda FIFA bu borada surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” Neymardan o‘sha shartnoma uchun to‘langan dastlabki mukofot pulini ham sud orqali qaytarib olmoqchi bo‘lgani haqida xabar bergandik.

Kataloniyaliklar yangi shartnoma shartlarini buzgani uchun Neymardan sud orqali 8,5 million yevro, bundan tashqari yana 10 foiz ustama haqi ham undirib olishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Neymar joriy yilning 3 avgust kuni 222 million yevro evaziga “Barselona”dan “PSJ”ga o‘tib, dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylangandi.

Akmalxon Eshonxonov



Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: antiqa, neymar, javob qaytardi, uslubda, Barselona
Просмотров: 2373 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 14:58
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz