Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Nilufar Usmonova bir yilda qanday qilib 24 kiloga ozganini fosh qildi




Oynai jahonda, sahnada mashhurlarning tashqi ko`rinishini kuzatib borishga odatlanganmiz. Har gal o`zgarib boruvchi qaddu qommatni ko`rib «Bular bir deganda xipchabel bo`lib olishadiya. Qanday ozishar ekan?» deya izoh beradiganlar ham bor. Chetdan qaraganda bir zumda paydo bo`lgan chiroyli qomat ortidagi mashaqqatlar esa shu kungacha sizga sir edi. “So`g`diyona” nashri ayrim san`atkorlarning sirlarini fosh qildi. Ulardan biri xonanda Nilufar Usmonova. 

Nilufar USMONOVA, xonanda: — Qishloqda buvimning tarbiyasini olib ulg`ayganim uchun yoshligimda durkun qiz edim. To`g`risi, bu menga sira halaqit bermasdi. Ammo uchinchi o`g`limni dunyoga keltirganimdan keyin taroziga ko`zimning qirini tashlasam, 73 kg.ni ko`rsatib turibdi. Ana o`shanda «Tamom, ozaman!» dedim. Bilasizmi nima uchun? Atrofimdagilarga, muxlislarimga, va hatto, turmush o`rtog`imga yoqish uchun emas, aksincha o`zimni qulay his etishim, ko`zguga qaraganimda ko`nglim ko`zim quvonishi uchun. 4 oy davomida och qoldiradigan parhez tutib natijaga erisholmadim. Keyin mashg`ulotlar zaliga bora boshladim.  Natija ko`ringani sari qiziqishim ortib boraverdi. Yana har uch kunda bir marta issiq suvga 750 gramm iste`mol sodasi va 500 gramm osh tuzini aralashtirib, 40 daqiqa davomida vanna qabul qildim. Vannadan chiqiboq  zanjabil, limon va asal qo`shib damlangan choy ichdim. Menimcha, ortiqcha santimetrlardan xalos bo`lishda eng muhimi – shoshmaslik. Bir haftada yoki bir oyda erishiladigan narsa emas bu. Sabr va maqsad. Mana shu mening strategiyam. Roppa rosa bir yil o`tib, yana taroziga turdim. 49 kg!

“So`g`diyona” gazetasining 28-sonida Halima Ibragimova, Madina Mumtoz, Ulug`bek Qodirov, Umidaxon hamda Jamila G`ofurova kabi san`atkorlarning bu boradagi sirlaridan voqif bo`lishingiz mumkin.

Источник: darakchi.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (19.07.2016)
Просмотров: 789 | Теги: Nilufar Usmonova | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar