Nilufar Usmonova to'rtinchi farzandiga homiladormi?



Ushbu savol mana bir necha kundan beri xonanda Nilufar Usmonova atrofida aylanayotgan eng ko`p savollardan biri bo`lmoqda. 

Muxlislarning ushbu savoli uning “Instagram” tarmog`iga joylagan navbatdagi surati sababli yuzaga keldi. Mazkur suratda muxlislar Nilufarni to`lishib qolganligini payqashgan. 



“O`rtoqlar, sizlarga taqdim etadigan ijodim juda ko`p, gaplarim ham, yangiliklarim ham kam emas!”, deb yozib qoldirdi Nilufar mazkur surati ostidagi izohga.

Nilufar Usmonova 22 sentyabr kuni Facebook Mentions orqali muxlislari bilan jonli aloqaga chiqdi. 

Unda ham xonandaga berilgan eng ko`p savol uning homiladorligi atrofida bo`ldi. Mazkur savolga Nilufar quyidagi javobni berdi:

“Bu savolga javob berishni istamayman. Hamma narsani vaqt ko`rsatadi.” 

Shuningdek undan uch o`g`ildan so`ng qiz ko`rish niyati bor yoki yo`qligi haqida ham so`rashdi. “Albatta qizlik bo`lish niyatim bor”, deydi xonanda. Qizlik bo`lsa ismini nima qo`yishi bilan bog`liq savolga, bu haqda o`ylamaganini va bu masalani qizining otasi hal qilishini ma`lum qildi.

Mentions orqali u xususan ayni damda o`zi tayyorlayotgan ovqatlarni emay qo`yganini, ammo bolalariga qo`lidan kelganicha taom tayyorlab berishga harakat qilayotganini ham aytdi. 

“San`at orqasidan topganlaringiz” degan savolga Nilufar olqish va pul deya javob berdi. 

Nilufar Usmonova kino va kliplarga suratga tushish mavzuidagi savolga, eng yomon ko`rgani suratga olish jarayoni va kamera ekanligini aytib o`tdi.

“Sevimli aktyoringiz kim?”, degan savolga esa Nilufar hind aktyori Shohruhxonni yoqtirshini aytdi.

Bundan tashqari Nilufar ayni damda farzandlariga juda ko`p vaqt ajratish uning birinchi galdagi vazifasi va bu uning uchun katta baxt ekanligini ham ta`kidlab o`tdi.

Eslatib o`tamiz, Nilufar Usmonova uch nafar o`g`il farzandning onasi.



 


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Nilufar Usmonova to'rtinchi farzand
Просмотров: 1770 | Рейтинг: 5.0/1

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 12:42
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz