Главная » 2016 » Октябрь » 17 » Notanish qotil” oktabrning ketma-ket ikkinchi haftasida ham eng kassabop o‘zbek filmi bo‘ldi
18:53
Notanish qotil” oktabrning ketma-ket ikkinchi haftasida ham eng kassabop o‘zbek filmi bo‘ldi






Rejissor Azamat Ahrorov tomonidan suratga olingan jangari janrdagi “Notanish qotil” filmi oktabrning ikkinchi haftasida ham tomoshabin to‘plash borasidagi peshqadamlikni boshqa filmlarga bermadi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Ahrorovning filmidan keyingi o‘rinlarni Sherzod Binning “Qaysar oshiqlar”, Naufal Sulaymonovning “Aldagani quda yaxshi”, Bahrom Yoqubovning premyerasi 14-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan “Boyvachcha kuyov” va Durdona To‘laganovaning “Yo‘qotilgan jannat” kartinalari egallagan.
 
Ma’lumot uchun, Alisher Navoiy nomli kinosaroyda hozirda “Notanish qotil”, “Qaysar oshiqlar”, “Aldagani quda yaxshi”, “Kutilmaganda buzilgan to‘y”, “Yo‘qotilgan jannat”, “Boyvachcha kuyov”, “Toliqqan ko‘ngillar oyga talpinar” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
 
Namoyishlar jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishishingiz mumkin.
 
10—16-oktabr oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari
 
1-o‘rin. “Notanish qotil” (jangari)
Rejissor — Azamat Ahrorov
 
2-o‘rin. “Qaysar oshiqlar” (komediya)
Rejissor — Sherzod Bin
 
3-o‘rin. “Aldagani quda yaxshi” (komediya)
Rejissor — Naufal Sulaymonov
 
4-o‘rin. “Boyvachcha kuyov” (komediya)
Rejissor — Bahrom Yoqubov
 
5-o‘rin. “Yo‘qotilgan jannat” (melodrama)
Rejissor — Durdona To‘laganova
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Просмотров: 541 | Добавил: AdminoFF | Теги: Notanish qotil, Azamat Ahrorov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: