NTT telekanali Yangi Nom bilan Qaytdi!!!

Uzoq kutilgan damlar yetib keldi, Sobiq va barchamiz uchun sevimli bo'lgan NTT telekanali ijodiy jamoasi mana yana qayta ish boshlashdi!

2014 yil 12 noyabrdan yangi “Mening yurtim” telekanali o‘z faoliyatini Soat 17:00da o‘z dasturlarini test rejimida efirga uzatishni boshladi. Telekanal haftaning dushanbadan jumagacha har kuni efirga uzatiladigan “MY5 News” –yoshlar hayotiga oid xabarlarni o‘zida jamlagan. Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda kanal ijodkorlari tomonidan “Sirdoshlar”, “Besh ketdim”, “Beshinchi fasl”, “5+5”, “Top dizayner”, “Oshxonada bir kun”, “Beauty Show”, “Kino Life” kabi mualliflik ko‘ngilochar, dasturlar va “Xizmat doirasida” tok-shoularini tayyorlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.    Bundan tashqari musiqiy-ko‘ngilochar dasturlar telekanalning asosiy efir vaqtini qamrab olgan. Kun davomida o‘zbek va xorij musiqasining eng sara kliplari efirga uzatib boriladi. Demak, mavjud efirni informasion, musiqiy-ko‘ngilochar dasturlar, hujjatli film, kino va multfilmlar hamda tijorat dasturlari tashkil etadi.  Ayni kunlarda taqdimot roligi hamda musiqiy blokni o‘zida jamlagan texnik efir dasturlari 29-raqamli kanal orqali efirga uzatilmoqda. U Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatini qamrab oladi. “Mening yurtim” ma’muriyati poytaxtimizdagi Yoshlar ijod markazida joylashgan bo‘lib, yaqin kunlarda kontentni yaratish bo‘yicha qator tadbirlarni o‘tkazishni rejalashtirgan. O‘z navbatida ushbu telemahsulotlar dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni arafasida boshlanishi mo‘ljallanayotgan to‘liq efir vaqtida namoyish etiladi.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Mening yurtim, MY5
Просмотров: 13479 | Рейтинг: 5.0/1

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 15:39
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz