Nuroniy” jamg‘armasi Markaziy kengashi raisi Erkin Boqiboyev vafot etdi


O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Markaziy kengashi raisi Erkin Boqiboyev 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda marhumning bir guruh do‘stlariga tayanib, O‘zA xabar qilmoqda.

Erkin Boqiboyev 1934-yilda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug‘ildi. 1957-yilda Toshkent moliya-iqtisod institutini (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) tamomladi. U Xalq bankining Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani bo‘limida iqtisodchi bo‘lib ish boshladi. Keyinchalik bo‘lim boshqaruvchisi, bankning Sirdaryo viloyati boshqaruvchisi o‘rinbosari, “O‘zagrosanoatbank” boshqaruvi raisi, Markaziy bank raisi, moliya vaziri singari mas’ul lavozimlarda samarali mehnat qildi. 1999-yildan umrining oxirigacha “Nuroniy” jamg‘armasining Markaziy kengashi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatdi.

Uning ko‘p yillik samarali mehnati davlat tomonidan munosib taqdirlandi. Erkin Boqiboyev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi faxriy unvoni, “Do‘stlik”, “El-yurt hurmati”, “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan mukofotlangan edi.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR
Просмотров: 967 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 03:30
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz