O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan mahrum bo'lish hollariga oydinlik kiritildi



“O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida”gi Qonuniga kiritilgan o'zgartish va qo'shimchalarda respublika fuqaroligidan mahrum bo'lish hollariga oydinlik kiritildi. Shu haqdagi qonunni O'zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat MirziyoYev imzolagan. 

Unga muvofiq, O'zbekiston fuqarosi:
-  chet davlatda harbiy hizmat, havfsizlik hizmati, politsiya, adliya idoralari yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga ishga kirsa; 
-  chet elda uch yil ichida uzrsiz O'zbekiston konsulligi hisobida turmasa; 
-  O'zbekiston fuqaroligini sohta hujjatlar yoki yolg'on ma`lumotlar asosida olgan bo'lsa;
-  chet davlat foydasini ko'zlash, tinchlik va havfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar Yetkazsa;
-  horijiy davlat fuqaroligini olsa, (bunda, u 1 oy muddat ichida O'zbekiston IIV idoralari yoki horijdagi konsulligiga fuqaroligini o'zgartirganini ma`lum qilishi shart) O'zbekiston respublikasi fuqaroligidan mahrum etiladi.  

Shu bilan birga, Fuqarolik to'g'risidagi qonunning 26-moddasiga kiritilgan 5-qismga ko'ra, chet el fuqarosi mazkur moddaning birinchi, ikkinchi va to'rtinchi qismlarida ko'rsatilgan shahslar tomonidan farzandlikka olinsa, o'z fuqaroligidan chiqqan taqdirdagina, O'zbekiston fuqaroligiga qabul qilinadi. 


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi
Просмотров: 1986 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 08:52
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz