Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

O'zbekistonda yangi "Milliy" (MTV) telekanali ishga tushiriladi




Pomidor Entertainment mediakompaniyasi tez orada «Milliy» nomli yangi telekanalning ishga tushirilishi haqida ma'lum qildi 
"Milliy" (MTV) telekanalida o'zbek va xorij yulduzlarining ommabop kliplari, eksklyuziv ko'ngilochar dasturlar, tok-shoular, xit-paradlar, kontsertlar, yuqori sifatli badiiy filmlar hamda milliy va chet el seriallari namoyish etilishi rejalashtirilgan. 
Kanal rotatsiyasida har qanday yosh va did sohiblari uchun qo'shiqlar taqdim etiladi. Bundan tashqari, MTV’ning dasturlar jadvalidan ilmiy-ommabop ko'rsatuvlar ham o'rin oladi. 
Yangi telekanal hozirda O'zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan № 0732\sonli OAV davlat ro'yxatidan o'tkazilgani to'g'risidagi guvohnoma hamda O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan teleko'rsatuvlarni tarqatish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish uchun AA №0005808 seriyali litsenziyani olgan. 
Telekanal yaqin kunlarda test rejimida efirga uzatiladi. Translyatsiya kabelli va efirli usulda bo'lib, u O'zbekiston hududida faoliyat ko'rsatadi.Ayni paytda barcha zarur tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Источник: kun.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (24.06.2016)
Просмотров: 640 | Теги: Mtv Tv, Pomidor Tv | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar