11:00 O`zbekiston ilm-fani og`ir judolikka uchradi | |
![]() O`zbekiston ilm-fani og`ir judolikka uchradi. Fan va texnika tarixi sohasidagi taniqli olim, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Ruben Akopovich Safarov 86 yoshida vafot etdi. R.Safarov 1930 yilda Andijon shahrida tug`ildi. 1953 yili Moskva yuridik institutini tugatdi. 1963 yilda nomzodlik, 1982 yilda doktorlik dissertasiyasini himoya qildi. 1989 yilda O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining a`zosi etib saylandi. O`zining 60 yildan ortiq mehnat faoliyati davomida R.Safarov Andijon viloyati adliya boshqarmasi revizori, “Andijanskaya pravda” gazetasi muharriri, Davlat matbuot qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari, “Pravda Vostoka” gazetasi bosh muharriri lavozimlarida samarali mehnat qildi. Yurtimizda tarix hamda jurnalistika sohasini rivojlantirish ishlariga munosib hissa qo`shdi. R.Safarovning ushbu yo`nalishdagi bir qancha risola va maqolalari keng jamoatchilikka yaxshi ma`lum. Jonkuyar va mehribon inson sifatida ko`plab yoshlarga ilm-fan sirlaridan saboq bergan. Uning rahbarligida bir qator fan doktorlari va fan nomzodlari tayyorlangan. Akademik R.Safarovning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan edi. Mohir tashkilotchi, kamtarin inson Ruben Safarovning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi. Прикрепления: Картинка 1 | |
|
Всего комментариев: 0 | |
|
|