17:10 O`zbekiston televideniesida xorijiy ko`rsatuvlar efirga uzatiladi | |
![]() O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK) xorijiy ishlab chiqaruvchilarning foydalanish uchun alohida huquqlarni talab qiluvchi mahsulotlarini teleradioefirlarga joylashtirish maqsadida lisenzion huquqlarni xarid qilish bo`yicha import shartnomalarini tanlov (tender) savdolarini o`tkazmasdan tuzish huquqiga ega bo`ldi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Vazirlar mahkamasining 23 avgustdagi qaroriga muvofiq, MTRK ijodiy kengashining qarori bilan shartnomalar imzolanadi. Ijodiy kengash shakllantirgan xorijiy ishlab chiqaruvchilarning teleradio mahsulotlari ro`yxati MTRK raisi tomonidan imzolanadi. U mahsulotlarning milliy an`ana va umumqabul qilingan madaniy qadriyatlarga muvofiq kelishiga bevosita mas`ul hisoblanadi. Lisenzion huquqlarni sotib olish uchun import shartnomalari Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi ekspertizasidan o`tkazilmaydi. Lisenzion huquqlarni xarid qilish bilan bog`liq xarajatlar MTRKning mazkur maqsadlar uchun ko`zda tutilgan byudjet va byudjetdan tashqari mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi. Markaziy bankka tegishli banklar bilan birgalikda lisenzion huquqlarni xarid qilish bo`yicha import shartnomalarga to`lovlarni amalga oshirish uchun mablag`larni xorijiy valyutalarga konvertasiya qilishni ta`minlash tavsiya etildi. Прикрепления: Картинка 1 | |
|
Всего комментариев: 0 | |
|
|