Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

O`zbekistonda daraxt gullagani haqida xabar berildi






Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining yozishiga ko`ra, havo issiqligi sababli Toshkentning Nazarbek mahallasida olcha daraxti gullagan.

O`zbekistonda joriy haftada havo harorati 22 darajagacha isiydi, deb xabar qilmoqda O`zgidromet.

Kelayotgan hafta issiq bo`ladi, 7-8 noyabrda havo harorati 15-20 daraja bo`ladi. 9 noyabr kuni ayrim hududlarda yomg`ir yog`ishi mumkin, lekin havo harorati pasaymaydi. 10 noyabrdan boshlab Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo 22 darajagacha isishi kutilmoqda.

O`zbekistonning boshqa hududlarida ham havo isiydi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyatlarida va Farg`ona vodiysida haftaning ikkinchi yarmida havo harorati 20 daraja issiq bo`ladi.

Tog`li tumanlarda 10-12 noyabr kunlari havo harorati 10-15 gradusni tashkil qiladi.

Источник: darakchi.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (08.11.2016)
Просмотров: 753 | Теги: Gul, daraxt | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar