Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

O`zbekistonda oliy o`quv yurtlariga hujjatlar qabuli boshlandi




 

Bugun, 20 iyundan O`zbekistondagi oliy o`quv yurtlariga 2016/2017 o`quv yili uchun abiturientlardan hujjatlar qabul qilish boshlandi. Mazkur jarayon20 iyulga qadar davom etadi. 

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi rasmiy saytining ma`lumot berishicha,  abiturientlar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim: 
 
- o`rta ta`lim (11-sinf negizida) yoki o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;

- 086-U — shakl bo`yicha tibbiy ma`lumotnoma; pasport (pasport yoshiga etmaganlar uchun tug`ilganligi to`g`risidagi guvohnoma)ning nusxasi;

- 3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat; mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko`chirma va ishlab turgan sohadan tavsiyanoma (maxsus sirtqi bo`lim abiturientlari uchun); 

- Rektor nomiga ariza ;

- tanlovdan tashqari o`qishga kirish huquqiga ega bo`lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g`oliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlar;

- abiturient tomonidan pasport (pasport yoshiga etmaganlar tug`ilganligi to`g`risidagi guvohnoma) hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat qabul komissiyasiga shaxsan ko`rsatiladi.


Источник: darakchi.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (20.06.2016)
Просмотров: 796 | Теги: abiturientlar, qabul komissiyasi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar