Главная » TEXNOLOGIYA

O`zbekistonda yangi "Milliy" telekanali ishga tushirildi




4 avgust kuni soat 16:00dan boshlab yangi "Milliy" (MTV) telekanali sinov rejimida ishga tushirildi.

Kanal efiri sutkada 17 soat  - ertalabki soat 7:00 dan kechki 23:00 ga qadar davom etadi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda. 

MTV telekanalida o`zbek va xorij musiqasi yulduzlarining ommabop kliplari, eksklyuziv ko`ngilochar dasturlar va tok-shoular, xit-paradlar, konsertlar, yuqori sifatli badiiy filmlar hamda milliy va chet el seriallari namoyish etiladi.

Kanal rotasiyasida har qanday yosh va did sohiblari uchun qo`shiqlar taqdim etiladi. Bundan tashqari, MTV'ning dasturlar jadvalidan ilmiy-ommabop ko`rsatuvlar ham o`rin oladi.

Источник: darakchi.uz
Категория: TEXNOLOGIYA | Добавил: AdminoFF (05.08.2016)
Просмотров: 860 | Комментарии: 1 | Теги: Milliy Tv | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar