O`zbekistondan 4 kg quyma oltinni olib chiqishga uringan Afg'onistonlik fuqaro qolga olindi



Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda tilla va zargarlik buyumlarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy tarzda olib o`tilishiga qarshi chora-tadbirlar davom etmoqda, deb xabar beradi Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati.

Mazkur tadbirlar davomida "Ayritom" chegara-bojxona kompleksi xodimlari tomonidan afg`onistonlik fuqaroning qing`ir qilmishlari fosh qilindi. Respublikamiz hududi orqali xorijga yo`l olgan ushbu shaxs tomonidan to`ldirilgan yo`lovchi bojxona deklarasiyasidagi ma`lumotlar asosida unga tegishli bagaj va qo`l yuklari bojxona ko`rigidan o`tkazilganda, yuklar orasida deklarasiyada ko`rsatilgan miqdordan ortiqcha salkam 4 kg og`irlikdagi quyma tillalar borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, Termiz shahar sudining xukmiga binoan aybdorga eng kam oylik ish haqining uch yuz baravarigacha miqdordagi jarima jazosini tayinladi. Hujjatlarda ko`rsatilmagan 494,5 mln so`mdan ortiq qiymatdagi salkam 4 kg oltin davlat egaligiga o`tkazildi.


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: Ozbekistondan 4 kg quyma oltinni ol
Просмотров: 1295 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 04:08
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz