Главная » TURFA OLAM

O`zbekistonga Rossiya o`lkalaridan sovuq havo oqimi kirib keladi




 

Kelgusi payshanba kuni O`zbekistonga Rossiyaning Povoljya hududidan sovuq havo oqimi kirib kelishi natijasida keskin havo o`zgarishi kutilmoqda.

O`zgidrometdan xabar berishlaricha, uzoq yillar davomidagi ko`rsatkichdan o`rtacha 2-4˚S yuqori bo`lgan iliq haroratdan so`ng 13 oktyabr kuni O`zbekistonning ayrim hududlarida yomg`irlar yog`ib, kuchli shamol kuzatiladi. 

Havo harorati kunduzi 8-10 darajaga pasayadi. Ammo tog`li tumanlarda yomg`irning qorga aylanishi va harorat minus darajagacha pasayishi ehtimoli bor. 

Sovuq havo oqimining kirib kelishi 1 kun davomida sodir bo`ladi, shundan so`ng, 14-15 oktyabr kuni yog`ingarchilik bo`lmaydi va yana havo iliydi.

Havo harorati poytaxtimizda 12 oktyabr kuni kechasi 8-13 ˚S, kunduzi 22-27˚S, 13-15 oktyabr kechasi 5-10˚S, kunduzi 15-20 ˚S , 15 oktyabr kuni joylarda 22-25˚S ko`tariladi.


Источник: darakchi.uz
Категория: TURFA OLAM | Добавил: AdminoFF (10.10.2016)
Просмотров: 736 | Теги: ob-xavo avgust | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar