Главная » 2017 » Январь » 6 » O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi farzandi olib qo`yilgan o`zbekistonlik ayolga yordam bermoqda
20:31
O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi farzandi olib qo`yilgan o`zbekistonlik ayolga yordam bermoqda



 

O`zbekistonning Moskvadagi elchixonasi o`zbekistonlik fuqaro, farzandini polisiya olib qo`ygan Nilufar Mamasaidovaning shaxsini tasdiqladi, deb xabar berdi “Radiovesti.ru” nashri. 

Moskva shahrining Kunsevo tuman IIB dekabr oyida o`zbekistonlik Nilufar Mamasaidovaning bir yoshlik qizini olib qo`ygan. Asli andijonlik bo`lgan ayol ikki yildan beri Rossiya Federasiyasi hududida bo`lgan, qizini ham Rossiyada dunyoga keltirgan. Qizi tug`ilgandan keyin uning turmush o`rtog`i mamlakat hududidan deportasiya qilingan, Nilufar esa qizi bilan Rossiya Federasiyasida qolgan. Nilufar Mamasaidovani himoya qilayotgan advokatning so`zlariga qaraganda, dekabr oyining oxirlarida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini yo`qotgan ayol IIBga ariza bilan murojaat etgan. Polisiya xodimlari Nilufar Mamasaidovaning uyiga kelib, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yo`qligi uchun uni vaqtincha saqlash hibsxonasiga uch kunga qamagan va qizini olib qo`ygan. O`zbekistonning Moskvadagi elchixonasi IIBga Nilufar Mamasaidovaning pasport ma`lumotlari bilan birga shaxsini tasdiqlovchi ma`lumotnoma berdi. 

Nashrning xabar berishicha, ayni kunlarda Nilufar Mamasaidovaga farzandini qaytarish masalasi ko`rib chiqilmoqda.
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Просмотров: 584 | Добавил: AdminoFF | Теги: Nilufar Mamasaidova, elchixona | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: