O‘ta katta maosh olgani uchun Pavel Durov sudga berilishi mumkin


Ichki tekshiruvlarning ko‘rsatishicha, "VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Pavel Durov aviaparvozlar uchun ikki million yevro sarflagan va o‘ziga 5,7 million rubl (158 000 AQSh dollari) miqdorida oylik maosh belgilagan. Bu haqda "Izvestiya” gazetasi xabar bermoqda.

Mazkur tekshiruv "VKontakte”ning aksiyadorlari tashabbusiga ko‘ra o‘tkazilgan, ammo aynan kimlar tashabbuskor ekanligini "Izvestiya” ma’lum qilmagan. Avvalroq UCP ham, USM ham shunday tekshiruv o‘tkazmoqchi ekanligi to‘g‘risidaxabarlar chiqqan, biroq bu borada rasmiy ma’lumot yo‘q.

Tekshiruvlarning dastlabki natijalariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqning asoschisi va bosh direktori Pavel Durov aksiyadorlar bilan kelishmasdan turib o‘z maoshini bir necha marta oshirgan. Bundan tashqari, u kompaniyaning 2012–2013-yillardagi daromadlaridan katta qismini o‘z ehtiyojlari uchun sarflagan.

Tekshiruvchilarning fikriga ko‘ra, asoslanmagan barcha xarajatlar 273 million rublni tashkil etmoqda. Ekspertlarning ta’kidlashicha, agar Pavel Durov o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilganligi tasdiqlansa, bu unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish uchun asos bo‘la oladi. Biroq bu tekshiruv shunchaki aksiyadorlar kompaniya uchun olib borayotgan kurashning bir qismi bo‘lishi ham mumkin.

Dastlab – 2007-yil 22-yanvardan 2-iyulga qadar Pavel Durovning "VKontakte”dagi oylik maoshi 26,4 ming rubl bo‘lgan, keyin uni 115 ming rublgacha oshirishgan. 2008-yili uning oylik maoshi 345 ming, 2010-yil yanvarida esa 552 ming rublga yetgan. 2010-yilning may oyidan Durov oyiga 1,1 million rubldan ola boshlagan, 2011-yili esa oyiga 2,3 million maosh olgan. Bu ko‘rsatkich 2012-yili 3,5 million, 2013-yil martida esa 5,76 million rublga yetgan.

Ayni shu davrda kompaniyaning sof daromadida pasayish yuz bergan, Mail.ru Group moliyaviy hisobotida esa mablag‘lar "jamoa va infratuzilma uchun investitsiyalarga sarflangan”ligi qayd etilgan. Bu xarajatlar uchun aksiyadorlar roziligi olinmagan; holbuki, "VKontakte” MChJ nizomiga ko‘ra, direktorning maoshi oshirilishida va 100 ming dollardan ortiq xarajat qilinishida aksiyadorlar roziligini olish lozimligi belgilangan.

Bundan tashqari, Durov charter parvozlar uchun millionlab pullarni sarflagan. Oslo, London, Venetsiya, Nyu-York, San-Fransisko, Myunxen kabi shaharlarga parvozlardan tashqari, mehmonxona va ko‘ngilochar joylar uchun ham ikki million yevro sarf etgan.

"Izvestiya”da e’lon qilingan ushbu ma’lumotlarga javoban "VKontakte”ning matbuot kotibi Georgiy Lobushkin shundaydegan: "‘Izvestiya’ nashri yana yolg‘on xabar manbasiga aylanib qolmoqda. Hech qanday ‘tekshiruvlarning oraliq natijalari’ yo‘q, keltirilgan tafsilotlar esa shunchaki haqqatga muvofiq kelmaydi”.



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: Pavel Durov, katta maosh
Просмотров: 1298 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 12:52
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz