O‘zbekiston Bosh vazirining virtual qabulxonasi ochildi

O‘zbekiston hukumat portalida mamlakat Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi ochildi. Hozircha veb-sayt test rejimida ishlamoqda.





“Sizda hal etilmagan masalalar/muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga 3 xil usulda: qo‘ng‘iroq qilish, murojaat yuborish yoki O‘zLiDeP hududiy partiya tashkiloti Kengashiga tashrif buyurish orqali yuborishingiz mumkin”, — deyiladi virtual qabulxonada joylashtirilgan tushuntirishda.



Endilikda hukumat rahbariga murojaat qilishni istagan har qanday fuqaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri sayt orqali yoki (0 800) 210−00−00 telefon raqami yoxud 1000 qisqa raqami yordamida Bosh vazirga shikoyat, taklif va talablarini yetkazishi mumkin. Qo‘ng‘iroqlar butun respublika bo‘ylab bepul.



Shuningdek, O‘zLiDePning hududiy Kengashlariga murojaat qilish mumkin.



Murojaatning maqomini (javob berilgan-berilmaganini) sayt orqali tekshirish mumkin bo‘ladi.



Virtual qabulxona orqali Bosh vazirga murojaat qilish uchun elektron raqamli imzo talab qilinmaydi.




Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: O‘zbekiston Bosh vazirining virtual
Просмотров: 1291 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 19:10
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz