O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida Yaponiya va Avstraliyadan o‘tib ketdi

14-iyul kuni Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) o‘zining rasmiy saytida terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi o'rniga nisbatan 10 pog‘ona yuqorilab, 569 ochko bilan 56-o‘rindan joy oldi. Osiyo mamlakatlari orasida esa O‘zbekiston Eron (674 ochko) va Janubiy Koreyadan (592 ochko) keyin 3-o‘ringa chiqib oldi. JCh—2018 turniriga 3-saralash bosqichida O‘zbekiston termasi aynan Eron va Janubiy Koreya bilan bitta guruhdan joy olgan.
FIFAning yangi reytingida Yaponiya termasi 564 ochko bilan O‘zbekistondan keyin Osiyo qit’asida to‘rtinchi o‘rinda. Avstraliya 555 ochko bilan Osiyoda beshinchi pog‘onadan joy oldi.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston terma jamoasining 2-iyun kuni avval Qirg'iziston, keyin Ekvatoria Givineya bilan bo‘lib o‘tishi kerak bo’lgan o‘rtoqlik uchrashuvlari bekor qilingan edi. Yakunda O‘zbekiston termasi 2-iyun kuni Oliy Liga legionerlariga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazib, 2:2 hisobidagi durangni qayd etdi.


FIFA reytingini hamon Argentina termasi boshqarib bormoqda. Amerika Kubogi—2016 finalchisi hisobida 1585 ochko bor. Belgiya 1401 ochko bilan ikkinchi, Kolumbiya 1331 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Yevro-2016 g'olibi Portugaliya terma jamoasi (1266) 8-o‘rindan 6-pog‘onaga chiqib oldi. Fransiya termasi (1189 ochko) avvalgi pog‘onasiga nisbatan 10 o‘ringa ko‘tarilib oldi, 7-pog‘onadan joy oldi.


Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh—2018 turniriga 3-saralash bosqichi oldidan 24-iyul kuni Iroqqa qarshi, 24-avgust kuni Ymmanga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi.


Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: O‘zbekiston milliy terma jamoasi FI
Просмотров: 1703 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 14:15
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz