Главная » 2016 » Сентябрь » 9 » O‘zbekiston musulmonlari idorasi Hayit namozi o‘qish vaqtlarini ma’lum qildi
16:36
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Hayit namozi o‘qish vaqtlarini ma’lum qildi




O‘zbekistondagi barcha masjidlarda Hayit namozi o‘qish vaqtlari belgilandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy portali xabar bermoqda.
Xususan, Toshkent shahridagi barcha masjidlarda Hayit namozi 2016-yil 12-sentabr, dushanba kuni tonggi soat 06:15 da o‘qiladi.
 
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda esa Hayit namozi vaqti taqvimdagi vaqt tafovutlari asosida hududlardagi masjidlar tomonidan e’lon qilinadi”, — deyiladi diniy idora axborotida.
 
Avvalroq O‘zbekistonda Qurbon Hayitining birinchi kuni — 12-sentabr dam olish kuni deb e’lon qilingani, bu haqdagi tegishli qaror O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan 9-sentabr kuni imzolangani haqida xabar berilgan edi.
Прикрепления: Картинка 1
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Просмотров: 843 | Добавил: AdminoFF | Теги: hayit | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: